Janubiy Koreya parlamenti a’zolari harbiy holat joriy qilingani sababli prezident Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish taklifini ovozga qo‘yadi.
Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 17.00da boshlanadi.
Asosiy muxolifatdagi Demokratik partiya va parlamentdagi besh kichik muxolifat partiyasi vakillari Yun Sok Yolning harbiy holat e’lon qilgani konstitusiya va qonunlarga zid ekani sababli prezidentga impichment e’lon qilish taklifi bilan chiqdi.
Bunday qarorni qabul qilish uchun 200 ovoz to‘plash kerak, bu parlament a’zolari umumiy sonining 2/3 qismini tashkil etadi.
Avvalroq Janubiy Koreya prezidenti xalqidan ta’zim qilib kechirim so‘ragandi.