Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Prezident tashrifidan so‘ng Andijon hokimi mukofotlandi

Prezident tashrifidan so‘ng Andijon hokimi mukofotlandi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov kommunal soha va aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga qo‘shgan hissasi uchun «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ko‘krak nishoni 23 may kuni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Soliyev tomonidan topshirilgan. Vazir hokimning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda amalga oshirayotgan ishlariga yuqori baho bergan.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda ayni paytda 1623 ta ko‘p qavatli uy bo‘lib, 297 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan boshqariladi. 2017—2018 yillarda tijorat banklarining 127 milliard so‘mlik krediti hisobiga 1225 ta ko‘p qavatli uyda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

2018—2019 yillarda 134,9 milliard so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 905 kilometr suv tarmog‘i, 241 ta quduq, 3 ta inshootda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilib, 62 mingdan ortiq xonadonda yashovchi 400 ming aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilangan.

Viloyat hokimligining qo‘shimcha qilishicha, Shuhrat Abdurahmonov avvalroq Xalq ta’limi vazirligining «Xalq ta’limi homiysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Kiritildi: 15:36 23.05.2020. O'qildi: 4757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!