Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Prezident Mirziyoyev Singapur davlat rahbarini ortda qoldirdimi?

Prezident Mirziyoyev Singapur davlat rahbarini ortda qoldirdimi?

Parlamentda Milliy Tiklanish rahbari Alisher Qodirov Prezident Shavkat Mirziyoyevga Singapur davlat rahbari Li Kuan Yu dan ham o‘tib ketganini aytgan. Saylovoldi kampaniyasida Milliy Tiklanishga xayrixoh bo‘lganimni yashirmadim. Lekin partiyaga tarafkashlik boshqa narsa, shaxsning fikri boshqa narsaligini unutmaslik kerak. Balki shu gapni gapirmaslik kerakmidi? Yoki Li Kuan Yuni eslatish orqali bir nimaga shama qilindimi, bunisini bilmadim.

Ayrimlar Li Kuan Yu kimligini bilmasliklari mumkin. Ozgina Singapurga sayohat qilamiz. Eslatib o‘tamiz, Singapur hozirda dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri. Bizning mamlakat mustaqillikka erishganida Singapur dunyoning eng qashshoq davlatlari qatorida edi.

Kichikkina mamlakat - Singapur aholisi 30 yil oldin qashshoqlikda yashagan. Siyosatchi Li Kuan Yu o‘zgarishga olib keldi va uning sa’y-harakatlari tufayli kambag‘al mamlakat dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylandi.

Poraxo‘rlik va qarindoshlik ko‘plab byurokratik tizimlarning ofati deb hisoblagan Li Kuan YU. "Korrupsiyani yo‘q qilish uchun shafqatsiz bo‘lish kerak, agar qarindoshlar va tanishlaringiz ham pora olsalar, ularni panjara ortiga yuborishga tayyor bo‘lishingiz kerak", deb yozadi o‘z kitobida.

Li Kuan Yu hech kimni ayamagan. Kechirib o‘tirmagan. Bir necha vazir poraxo‘rlik uchun qamoqxonaga tashlangan. Hatto ko‘p yillar davomida ozodlikdan mahrum qilinganlardan biri davlat rahbarining yaqin do‘sti edi.

Bugungi kunda Singapur amaldorlari boylik vasvasasiga qarshi turish va o‘z mavqeini suiiste’mol qilmaslik uchun yetarlicha katta maosh olishmoqda.

Singapurdagi mustaqil OAV haqiqiy to‘rtinchi hokimiyatga aylanib bo‘ldi. Hozirgi kunda jurnalistlar amaldorlar, ularning oilalari va do‘stlarining turmush tarzi, daromadlari va xarajatlarini diqqat bilan kuzatmoqdalar. Ko‘pincha jurnalistlar amaldorning o‘z moddiy imkoniyatlaridan ortiqroq yashashlariga e’tibor berishgan. Vijdonsiz xodim nafaqat lavozimidan va imtiyozlaridan mahrum bo‘lishi, balki qamoqxonaga tushgandan keyin ham yuz ming dollarlab katta jarima to‘lashgan. Shundan keyin ham bir tiyinsiz qolish xavfi bor edi.

“Korrupsiyaga qarshi kurashmoqchimisiz? Uchta do‘stingizni qamoqa tiqishdan boshlang. Buning sababini siz aniq bilasiz va ular ham buning sababini bilishadi" kabi so‘zlar Singapur xalqining otasiga tegishlidir.

Millat otasi Li Kuan Yuning so‘zlariga ko‘ra, uning oldida ikki xil boshqaruv usuli bo‘lgan:

1. Oilasi va do‘stlari bilan dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatidan joy olish uchun davlatni talon-taroj qilish va oqibatda singapurliklarni qashshoqlikda qoldirish.

2. Xalqning xizmatkori bo‘lib, Singapurni dunyoning eng rivojlangan o‘n mamlakatiga qo‘shing.

Bosh vazir boshqaruvning ikkinchi yo‘lini tanladi va global miqyosdagi eng muvaffaqiyatli siyosatchi va gullab-yashnagan mamlakat rahbari bo‘ldi.

Endi, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, Li Kuan Yu bilan bizning Prezidentni tenglashtirish to‘g‘ri bo‘ldimi?

 

Eslatma: Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.

Kiritildi: 12:04 23.01.2020. O'qildi: 3619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!