Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Rishton xalqaro kulolchilik markazida «UzA», «O'zbekiston 24», «DaryoUz», «uz24», «Darakchi», «Sevimli TV», «UzReport» va boshqa OAV vakillari bilan 15 daqiqa jonli muloqot qilgani xabar qilinmoqda:
«Sizlar menga yelkadoshsiz, yordamingizga tayanaman. Adolatni yetkazishdan to‘xtamanglar, qo‘rqmanglar. Ortingizda Prezident turibdi.
Adolat, adolat, adolat! Yana bir marta adolat. Bu yo‘ldan ortga qaytmaymiz. Sizlar adolatni tarafdori bo‘lsangiz, haqiqatni yozsangiz, rahbarlar hozir sizlarni yomon ko‘rishi mumkin, ammo oxiri ishlashga tushadi.
Tizimning ishlashiga olib keladi bu. Men sizlarga ishlaringizda omad tilayman».