Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident Erdo‘g‘an: Eron suverenitetining buzilishi qabul qilinmaydi

Prezident Erdo‘g‘an: Eron suverenitetining buzilishi qabul qilinmaydi

Turkiya, kim tomonidan bo‘lishidan qat’i nazar, Eron suverenitetiga va mintaqaviy xavfsizlikka qilingan hujumlarni mutlaqo qabul qilmaydi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bayonot berdi.

Davlat rahbari ta’kidlashicha, Anqara bu masalada o‘z pozisiyasini va munosabatini ochiq-oydin bildirgan.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Isroil va uning ittifoqchilari tomonidan qo‘shni Eronga nisbatan amalga oshirilayotgan hujumlarni yanada keng ko‘lamli falokatga aylanishining oldini olish uchun faol sa’y-harakatlar olib bormoqda.

Kiritildi: 18:32 23.06.2025. O'qildi: 899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!