Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) davlat rahbarlarining 24-sammitida ishtirok etish uchun borgan Qozog‘iston poytaxti Ostonada Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Uchrashuvda Turkiya va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush, Isroilning Falastindagi tajovuzi, shuningdek, global va mintaqaviy voqealar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Prezident Erdog‘an Turkiyaning Xitoy bilan barcha sohalarda aloqalarini yaxshilashga qaratilgan qadamlar davom etishini aytdi. Bu har ikki davlatga ham manfaat keltirishini ta’kidladi.