Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Prezident ayollar haqida qiziqarli latifa aytib berdi

Prezident ayollar haqida qiziqarli latifa aytib berdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 8 mart arafasida ayollar bilan an’anaviy uchrashuvi vaqtida mashhur qozog‘istonliklarni erkaklar haqida latifa aytib kuldirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston.

Nazarboyevning fikricha, aksariyat ayollar erkaklardan aqlliroq. Aynan shu sababli, kuchli jins vakillari ayollarni rahbarlik kursisiga yaqinlashtirmaslikka harakat qilishadi.

Erkak biladi: ayol uning o‘rnini egallasa, undan yaxshiroq ishlashni boshlaydi. Shu bois, uni yaqinlashtirmaslikka harakat qiladi, chunki raqobatda albatta yutqazadi. Ayollar qanchalik muvaffaqiyat qozonishmasin, ularning fikrlari oilasida, yaqinlarida bo‘ladi , - dedi Nazarboyev.

Qozog‘iston rahbari erkaklar ayollar va hukumatning pul sarflashiga nisbatan munosabatini o‘zaro taqqosladi.

Erkaklar hukumat va o‘z rafiqasining pulni qanday sarflashini yoqtirishmaydi. Lekin ular faqat hukumatni tanqid qila olishadi , - deb hazillashdi prezident.

Bundan tashqari, Nursulton Nazarboyev qozog‘istonlik ayollarga qattiqroq eshittirib orzu qilishni maslahat berdi.

Aytishadiku, agar 8-martda sizga orzu qilgan narsangizni sovg‘a qilishmagan bo‘lsa, kelasi safar yanada qattiqroq eshittirib orzu qiling. Erkaklar sizning fikrlashingiz va donoligingizni, albatta qadrlaydi, chunki erkaklarning birorta fikri ayolning bittagina his-tuyg‘usiga ham arzimaydi , - deya xulosa qildi Nazarboyev.

Kiritildi: 09:25 08.03.2019. O'qildi: 4345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!