6 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Alisher Sa’dullayev boshqa ishga o‘tganidan so‘ng bo‘shab qolgan xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimi o‘z egasini topdi.
Qaror bilan Dilshod Kenjayev ayni vaqtda faoliyatini Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida boshlagan Alisher Sa’dullayev o‘rnini egalladi.
Bungacha Kenjayev Dilshod Mutalibovich Vazirlar Mahkamasi madaniyat-san’at va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentining yoshlar siyosati va ma’naviy rivojlantirish masalalari sho‘’basi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
O‘zbekiston Hukumatining eng yosh vakili Alisher Sa’dullayev 27 oktyabr kuni Yoshlar ittifoqida ish boshlagandi edi.