Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Prezident 2049 yilda ochiladigan xat qoldirdi

Prezident 2049 yilda ochiladigan xat qoldirdi

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev qozog‘istonlik kelajak avlodlarga murojat sifatida Olmaotadagi Qozoq-Britan universiteti binosi oldidagi parkka «Vaqt qutichasi»ni o‘rnatdi. Bu haqda Birinchi Prezidentning matbuot kotibi xabar qilgan. 

O‘zAning yozishicha, «Vaqt qutichasi» zamonaviy shaklda yasalib, unda qozoq milliy naqshlari aks etgani va uning petrogliflarga ham o‘xshash ekanini payqaysiz.

Mo‘’jazgina kompozisiyada quyidagi so‘zlar ifodalangan:

«Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi N.A. Nazarboyevning kelajak avlodlarga bag‘ishlangan «Vaqt qutisi»

Qo‘yilgan sana – 21.06.2019 y.

Ochiladigan sana – 22.06.2049 y». 

Kiritildi: 14:40 21.06.2019. O'qildi: 3583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!