Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 15 yanvar kuni ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishnnig barcha turlarini 2021 yilning 1 yanvariga qadar ta’qiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Prezident axborot xizmatining ushbu qarorga bag‘ishlangan maxsus xabar e’lon qildi.
Mazkur erkinlikning yaratilishidan maqsad, ishlab siqarish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, yangi ish o‘rinlarini yaratish, respublikaning ishlab chiqarish hamda eksport salohiyatini oshirish, mamlakatda tadbirkorlik hamda investisiya kiritish uchun qulay muhitni yaratishdan iborat.
Imomali Rahmon avvalroq o‘zining chiqishlarida ko‘p sonli tekshiruv organlarining biznes ishlariga halal berishini qattiq tanqid qilgan va Tojikistonda mavjud 28 takshiruv tizimi majburiyatlarini savol ostiga olgan edi.
ca-news.org