Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Poytaxt kuz – qish mavsumiga tayyormi?

A A A
Poytaxt kuz – qish mavsumiga tayyormi?

Yoz jaziramasi qishning sovuq kelishidan dalolat. Shu bois o‘tayotgan har bir kunni g‘animat bilish kerak.

 

Vaqt – shunchalar tez odimlaydiki, ba’zi ishlarga ulgurmay qolasan kishi. Ammo ana shu vaqtdan samarasiz foydalanishimiz bizni turli muammo va kamchiliklarga ro‘baro‘ qiladi, undan unumli foydalanishimiz esa oldindagi kuz-qish mavsumini yaxshi o‘tkazishimizdan dalolatdir. Axir xalqimiz “Yozda boshi pishmaganning, qishda oshi pishmas” deya bejizga aytmagan.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan tadbir Chilonzor tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishda yo‘l qo‘yilayotgan turli kamchiliklar va bu ishlarning borishida qator tashkilotlarning sustkashlik bilan yondashayotgani, yozning issiq kunlarida unumli foydalanib, muammo va kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi borasida tanqidiy-tahliliy ruxda o‘tdi.

 

Toshkent shahar hokimining kapital qurilish kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Nodirjon Maksumov, Markaziy bankning Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Tursunov va Chilonzor tumani hokimi Davron Hidoyatov ishtirok o‘tgan tadbirda, tumanda kuz qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

 

Chilonzor tumani hokimi D.Hidoyatov tuman miqyosida kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarga birma bir to‘xtalib o‘tar ekan, banklardan o‘z vaqtida kreditlar ajratilgani, shirkat xo‘jaliklarining, mahalla raislarining o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashmayotganini alohida e’tiborga oldi. Tuman mavzelarida olib borilayotgan ishlarning yakuniga yetmay to‘xtab qolishi, qurilish ta’mirlash ishlarida turli tashkilotlar yuzaki yondashayotganini ta’kidlab o‘tdi. Albatta, yoz jaziramasi qishning sovuq kelishidan dalolat. Shu bois o‘tayotgan har bir kunni g‘animat bilish kerak.

 

Shuningdek, tadbirda Toshkent shahridagi 11ta tumandan Bektemir, Yunusobod va Chilonzor tumanlariga banklar tomonidan eng yuqori ko‘rsatgichli kreditlar ajratilgani, bu imkoniyatdan tuman mutasaddi tashkilotlari va rahbarlari munosib foydalanib, kuz – qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rishlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

 

Ta’kidlash joizki, Toshkent shahrida oldingi yillarga nisbatan joriy yilda kuz – qish mavsumlarga tayyorgarlik ko‘rish ancha erta boshlandi. Ko‘p xonadonli uylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz – qish mavsumiga tayyorlash, issiqlik, elektr, gaz va suv ta’minotini, umumiy foydalanish joylarini, lift uskunalarini tartibga keltirish, hududlarda sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirishni tashkil etish ishlari belgilangan reja asosida amalga oshirilishida o‘z vaqtida ishimizga yondashmog‘imiz darkor. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, amalga oshirilgan ishlar qishda ham ijtimoiy tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Toshkent shahar hokimligi Axborot xizmati

Kiritildi: 14:07 26.07.2018. O'qildi: 1618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik