Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Porox zavodida portlash: Qurbonlar bor

Porox zavodida portlash: Qurbonlar bor

Ryazan oblastining Shilovskiy rayonidagi Lesnoy posyolkasida joylashgan «Elastik» zavodi hududidagi porox ishlab chiqaruvchi «Razryad» korxonasida portlash yuz berdi.

Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 12 nafardan 16 nafargacha inson halok bo‘lgan. FVV yetti kishi halok bo‘lganini rasman tasdiqladi. Bir kishi shifoxonaga yotqizilgan. Portlash yuz bergan vaqtda sexda 17 kishi bo‘lgani aytilmoqda.

Rostexnadzor mutaxassislari oxirgi tekshiruv davomida korxonada qoida buzilishlarini, jumladan, portlovchi moddalarni saqlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmaganini aniqlagan.

Ma’lumot berilishicha, korxona 2015 yilda arbitraj sudi tomonidan bankrot deb topilgan va unga nisbatan tanlov e’lon qilingan. Shu bois 2017 yilda bu yerda ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatilgan.

Kiritildi: 16:26 22.10.2021. O'qildi: 2387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!