Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Poroshenko Rossiyaning "tanobini tortib qo‘yish"ga va’da berdi

Poroshenko Rossiyaning "tanobini tortib qo‘yish"ga va’da berdi

Pyotr Poroshenko prezident saylovidan so‘ng hech qanday shartlarsiz Qrimni Ukrainaga qaytarishni va’da qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ukraina hech qanday savdo va yashirish shartnomalarga rozi bo‘lmaydi va Qrim Ukrainaga qaytariladi. Biz buni prezident saylovidan so‘ng tezroq amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni bajaramiz , - deb yozgan o‘zining Facebookdagi sahifasida Ukraina prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada prezident saylovlari 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Ayni damda prezidentlikka 39 kishi da’vo qilmoqda. Saylovoldi reytinglar bo‘yicha 1 o‘rinda aktyor Zelenkiy, Poroshenko 20% ovoz bilan 2 o‘rinda.

Ma’lumot uchun, bugun Qrim yarim orolining Rossiyaga qo‘shilganining 5 yilligi tantanali nishonlanadi. Ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sevastopol shahriga tashrif buyuradi.

Kiritildi: 11:08 18.03.2019. O'qildi: 3038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!