Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Poroshenko: "Men Timoshenko emasman. Qamoqqa olishlariga yo‘l qo‘ymayman"

Poroshenko: "Men Timoshenko emasman. Qamoqqa olishlariga yo‘l qo‘ymayman"

Bugun Kiyevga qaytgan va Davlat tergov byurosi (DTB) xodimlaridan chaqiruv qog‘ozini olgan Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko hech kimning o‘zini panjara ortiga qo‘yishiga ruxsat bermasligini aytdi.

U o‘zini himoya qilish orqali o‘z mamlakati xavfsizligini ta’minlayotganiga amin, deb yozadi life.ru.

«Birinchidan, men panjara ortida o‘tirmayman. Ikkinchidan, o‘zimni qamoqqa olishlariga yo‘l qo‘ymayman. Men Timoshenko emasman (sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko. – tahr). Uchinchi pozisiya — Ukrainani himoya qilish uchun imkon qadar samarali harakat qilaman. O‘zimni himoya qilgan holda, men Ukrainani himoya qilayotganimga qat’iy ishonaman”, — dedi Poroshenko.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 20 dekabr kuni Poroshenko davlatga xiyonatda ayblangani ma’lum bo‘lgandi. Sobiq prezident uni so‘roqqa chaqirishga urinish bo‘lgach, Ukrainani tark etgan. Uning partiyasi siyosatchi go‘yoki Turkiya va Polshada uchrashuvlarni oldindan rejalashtirganini aytdi.

Kiritildi: 15:05 18.01.2022. O'qildi: 2123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!