Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Porye Makgregor bilan jang qilish shartini aytdi

A A A
Porye Makgregor bilan jang qilish shartini aytdi

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Dastin Porye Konor Makgregor bilan trilogiyasi yakunidan mamnun va irlandiyalik bilan to‘rtinchi jangdan hech qanday ma’no ko‘rmayapti.

"Konor bilan bizning tariximiz bor. Men uni yengil vaznda mag‘lubiyatga uchratdim, yetti yildan keyin men yana ikki marotaba uni mag‘lub etdim. Ishonchim komilki, Konor bilan boshqa jang qilmayman. Ortiq buni istamayman. Bu eshik men uchun yopilgan", - amerikalik jangchining so‘zlarini keltiradi MMA Fighting.

Biroq "Brilliant"ning ta’kidlashicha, katta miqdordagi gonorar uning bu boradagi fikrini o‘zgartirishi mumkin.

"Buni faqatgina pul uchun qilishim mumkin. Men uni ketma-ket ikki marta yutdim. Buni yanada yaxshiroq qila olamanmi? Men uni tezroq nokaut qila olamanmi yoki 10-7 hisobida g‘alaba qozona olamanmi? Agar, men yana shunday qilsam, bu faqat pul uchun bo‘ladi. Va butunlay boshqacha bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Dastin Porye Konor Makgregor ustidan ikki marta g‘alaba qozongan edi: yanvar oyida irlandiyalikni ikkinchi raundda nokautga uchratgan va iyun oyida bo‘lib o‘tgan jangda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi. Shundan so‘ng, "Brilliant" UFC yengil vazn toifasida chempionlik kamarini Charlz Oliveyradan olishga urindi va uchinchi raundda braziliyalik jangchiga imkoniyatni berib qo‘ydi.

Kiritildi: 20:45 16.02.2022. O'qildi: 3351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik