Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Pop tumanida voyaga yetmagan o‘g‘ri sudlandi

Pop tumanida voyaga yetmagan o‘g‘ri sudlandi

Ma’lumki, farzand tarbiyasida, ayniqsa, o‘g‘il bola tarbiyasida mo‘’tadil oilaviy muhit va otaning o‘rni muhim hisoblanadi. Chunki aynan ota orqali o‘g‘liga halollik, mehnatsevarlik ko‘proq singadi. Inson hayotda afsus-nadomat ichida yashashi uning niyatiga, qolaversa, nafs amriga bo‘ysunish-bo‘ysunmasligiga bog‘liq ekani barchamizga ayon.

Afsuski, 15 yoshli Ozod Homidov (ism-sharif o‘zgartirilgan) ham voyaga yetmagani bir holda o‘g‘rilikka qo‘l urdi.

Sudlanuvchi voyaga yetmagan O.Homidov 21 noyabrga o‘tar kechasi Pop tumani, “G‘urumsaroy” MFY hududida joylashgan savdo do‘konlaridan biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bahosi 19.020.000 so‘mlik besh dona turli rusumdagi uyali telefon apparatlarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Bundan tashqari, voyaga yetmagan O.Homidov takroran 11 dekabrga o‘tar kechasi Pop tumani, “G‘urumsaroy” MFY hududida joylashgan savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, bahosi 40.790.400 so‘mlik yigirma bir dona turli rusumdagi uyali telefon apparatlarini yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

Voyaga yetmay turib, jinoyatchiga aylangan yigitning taqdiriga va yurish-turishiga nafaqat uning oila a’zolari, mahalla faollari, hudud profilaktika ins­pektorining loqaydligi har qanday kishini o‘ylantirib qo‘yadi.

Sud, davlat ayblovchisining xulosasini, himoyachi fikrini, Qonuniy vakil N.Botirovning ishtirokida sudlanuvchi O.Homidovni, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, O.Homidovni jinoyat sodir etganlikdagi aybli deb topib qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan ozodlikni cheklash jazosini tayinladi.

Shuningdek, sud hukmiga binoan sudlanuvchining ozodlikni cheklash jazosini ijro etish Pop tuman IIB zimmasiga yuklatilib, o‘qish joyidagi Pop tuman XTBga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari jamoat tarbiyachisi etib tayinlandi.

Dilmurod Madaminov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi raisi

Kiritildi: 17:13 26.02.2021. O'qildi: 1582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!