Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Pop tumanida besh nafar mahkum jazodan ozod etildi

A A A
Pop tumanida besh nafar mahkum jazodan ozod etildi

Insonparvalik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi to‘g‘risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g‘amxo‘rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir.
   Ana shu maqsadda jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tumani sudi tomonidan tuman ichki ishlar organlari probasiya guruhi hisobida turuvchi, ozodlikni cheklash jazosiga sudlangan 4 nafar mahkumlar, axloq tuzatish ishlari jazosiga sudlangan 1 nafar mahkum o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargani, mehnatga halol munosabatda bo‘lgani va tuzalish yo‘liga o‘tgani, jazoning belgilangan qismini o‘taganliklari sababli ularga insonparvarlik prinsipi qo‘llanilib, o‘talmay qolgan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Baxtiyor Obidov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudining sudyasi

Kiritildi: 09:25 08.06.2020. O'qildi: 1985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!