Polsha prezidenti Karol Navroskiy mamlakatdagi ichki siyosiy inqiroz jiddiy darajaga yetganini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, siyosiy qarama-qarshiliklar haddan oshib ketgan va jamiyatdagi birlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
“Bu mojaro barcha chegaralarni kesib o‘tdi, jamoalar va hatto oilalarni ham bo‘lib yuboryapti. Bugungi muammolar endi faqat siyosiy emas, balki tizimning asosiy muammolariga aylandi”, — dedi Navroskiy.
Prezident, shuningdek, qonun ustuvorligi tizimidagi muammolar yanada beqarorlikka olib kelishi va davlat institutlarini mojaroga tortishi mumkinligini ta’kidladi.
Ushbu bayonot Konstitusiya kuni munosabati bilan qilingan murojaat davomida yangradi.