Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Polsha Mudofaa vazirligi Keng qamrovli mudofaaga tayyorgarlik to‘g‘risidagi yangi qonunni ishlab chiqmoqda. U harbiy holat joriy etilishidan avval Polsha va ittifoqchilar qo‘shinlarini ko‘chirish, infratuzilmani tayyorlash hamda mamlakatni tezroq to‘liq mudofaa holatiga keltirish imkonini beradi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi hozircha Mudofaa vazirligida kelishuv bosqichida turibdi.