Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Polsha AQShga aldanmaydi

Polsha AQShga aldanmaydi

Biz AQShning hamkorimiz, lekin aldanadigan odam emasmiz — Polsha TIV rahbari.

Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorski mamlakat tashqi siyosati vazifalari bo‘yicha yillik hisobotida Polshaning AQSh bilan hozirgi munosabatlari haqidagi qarashlarini bayon qildi.

Tashqi ishlar vaziri parlamentdagi nutqida Varshava tomonidan AQSh siyosiy ritorikasidagi yangilanishlar va AQSh prezidentining mavjud xalqaro tartibni o‘zgartirishga intilishi e’tibor bilan kuzatilayotganini bildirdi.

Qayd etilishicha, Polsha Yevropada AQShga eng ko‘p xayrixohlik bildiradigan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat hududida qariyb o‘n ming nafar amerikalik harbiy xizmatchi joylashtirilgan.

Shuningdek, Sikorski tarixiy misol keltirib, Ikkinchi jahon urushi yakunida prezident Franklin Ruzvelt Sovet yetakchisi Iosif Stalindan Yaponiyaga qarshi kurashda yordam olganini, biroq bu Yevropaning bir qismi erkinligi evaziga yuz berganini eslatdi.

“Agar 1945 yildagi Yaponiya o‘rniga bugungi Xitoyni qo‘ysak, AQSh milliy manfaatlari Polsha manfaatlari bilan bir xil bo‘lishiga ishonchimiz komilmi?” — deya savol qo‘ydi vazir.

Polsha boz vaziri chiqishi davomida Rossiyaning bosqinchilik harakatlariga ham to‘xtalib, Moskva Ukrainaga qarshi boshlagan urushda g‘alaba qozonayotgani haqidagi iddaolarni rad etdi.

“Rossiya hech qachon yengilmas bo‘lgan emas. Mamlakat 1905 yilda Yaponiya bilan urushda, Birinchi jahon urushida, 1920 yilgi Polsha-bolshevik urushida, Afg‘onistondagi urushda va Sovuq urushda mag‘lub bo‘lgan”, — dedi Sikorski.

Kiritildi: Bugun 17:15. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!