Yaponiyada polisiya onasining jasadini muzlatkichda saqlagan ayolni hibsga oldi.
Bi-bi-si xabariga ko‘ra, 48 yoshli Yumi Yosino onasini 10 yil oldin o‘lik holda topganini va jasadi ular yashagan uydan chiqishni istamagani uchun muzlatkich kamerasiga yashirganini tushuntirgan.
Polisiya keksa ayolning jasadida zo‘ravonlik alomatlarini topmadi. Shuningdek, o‘lim vaqti va sababini aniqlab bo‘lmadi.
Manbaga ko‘ra, Yosino ijara haqi to‘lanmagani sababli kvartirani tark etishga majbur bo‘lganidan keyin jasadni farrosh ayol topgan.