Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pokistonda terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari terrorchilar tomonidan o‘ldirildi

Pokistonda terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari terrorchilar tomonidan o‘ldirildi

Pokiston janubida yuz bergan terakt oqibatida 7 iyul kuni terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari o‘ldirilgan. Bu haqda Arab News nashri Pokiston hukumati manbalariga tayanib, xabar berdi.

Holat Pokiston janubidagi Karachi shahri yaqinida ro‘y bergan. Noma’lum qurolli shaxslar hujum qilishi oqibatida terrorizmga qarshi qo‘mita rahbari va yana bir nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.

Karachidagi terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan Ali Razaning jasadi Sind viloyati polisiyasining terrorizmga qarshi kurash boshqarmasiga qarashli jasadlarni qabul qilish bo‘limiga joylashtirilgan. Bir qancha manbalar terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasi rahbariga suiqasdni g‘arbiy viloyatlardagi ISHIDga aloqador kuchlar tashkil etgan bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Karachidagi tergov organi inspektori o‘rinbosari Osif Ejaz Shayx holat yuzasidan matbuotga bayonot e’lon qilgan. Holat Karimobod tumani hududida yuz bergan bo‘lib, ikki nafar hujumchi davlat xodimiga o‘q uzgan.

“Hozirgi vaziyat nihoyatda murakkab, barcha terrorizmga qarshi kurash organlari xodimlari tahdidlarga duch kelishmoqda. Ularga hujumlar uyushtirilmoqda”, — degan Osif Ejaz Shayx.

Hujum uchun javobgarlikni hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olmagan. Sobiq harbiyning jasadini o‘rgangan jarroh Summayiya Sayed Arab News telekanaliga bergan intervyusida Ali Raza ko‘krak, bo‘yin va boshidan ko‘plab o‘q jarohatlari olganini, buning oqibatida esa ko‘p qon yo‘qotishdan halok bo‘lganini bildirgan.

Hujumda halok bo‘lgan ikkinchi inson xususiy shirkatda qorovul bo‘lib ishlagan 38 yoshli Vaqar ismli shaxs bo‘lgan. U jarohatlangan yaqin atrofdagi Jinna kasalxonasiga olib ketilgan. Ko‘rsatilgan yordamga qaramay, fuqaro kasalxonada vafot etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan harbiy Ali Raza Karachining Lyari hududida o‘rnashgan narkotik tashuvchi to‘dalar, “Tahriki Tolibon” va turli mazhab guruhlariga qarshi operasiyalarda faol ishtirok etgan. 2013 yilda, sobiq bosh vazir Navoz Sharif hukumati davrida Ali Raza yirik rahbarlik lavozimlarida ishlagan va Pokiston janubiy eng yirik shahrida jinoyatchilik darajasini keskin tushirishga erishgan.

Kiritildi: 09:54 08.07.2024. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!