Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Pokistonda terrorchi maktab avtobusini portlatib yubordi

Pokistonda terrorchi maktab avtobusini portlatib yubordi

21 may, chorshanba kuni ertalab Pokistonning janubiy-g‘arbida xudkush terrorchi maktab avtobusiga hujum qildi, deb xabar beradi Apnews.com.

Portlash oqibatida kamida to‘rt nafar bola halok bo‘ldi, yana 38 nafari jarohatlandi. Bir nechta bolalarning ahvoli og‘ir.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, hujum Xuzdar tumanida sodir bo‘lgan. Avtobus maktab o‘quvchilarini harbiy akademiyaga olib ketayotgan bo‘lgan. Xudkush terrorchi bolalar bo‘lgan transport yonida o‘zini portlatgan.

Hozircha hech bir terrorchi guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Pokiston ichki ishlar vaziri Mohsin Nakvi hujumni keskin qoraladi. U jinoyatchini “hayvon” deb atap, bolalarga qarshi amalga oshirilgan bu jinoyatni hech qanday oqlash mumkin emasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:12 22.05.2025. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!