Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Pokiston va Hindiston chegarasida otishma yuz berdi

Pokiston va Hindiston chegarasida otishma yuz berdi

Hindiston harbiylari 18 iyul kuni Pokiston bilan chegara chizig‘ida otishmaga kirishdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib NDTV telekanali ma’lum qildi.

"Chegaradagi og‘ir otishma Jammu va Kashmir mintaqasining Rajauri sektoridagi nazorat chizig‘i bo‘ylab taxminan ikki soat davom etgan", deyiladi xabarda.

Manbalarga ko‘ra, Hindiston harbiylari “terrorchilar”ning chegarani kesib o‘tishga urinishini to‘xtatgan. Bu voqea mamlakatning 2025 yil may oyida “Sindur” amaliyoti tugaganidan beri o‘t ochishni to‘xtatish tartibi buzilishi bilan bog‘liq birinchi yirik holat bo‘ldi. O‘sha vaqtdan beri kichik otishmalar ham bo‘lib turgan.

Kiritildi: 15:41 19.07.2026. O'qildi: 1102 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!