Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Pfizer omikron-shtammga qarshi vaksina ishlab chiqish arafasida

Pfizer omikron-shtammga qarshi vaksina ishlab chiqish arafasida

Pfizer farmasevtika kompaniyasi rahbari Alber Burla koronavirusning yangi omikron shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqish boshlanganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, vaksina 100 kundan kamroq vaqt ichida tayyor bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Pfizer Yevropa Ittifoqi bilan tuzgan shartnomaga ko‘ra omikron shtammining xavfliligi isbotlansa, unda o‘z vaksinasini 100 kun ichida yangi shtammga moslashtirishi kerakligi ma’lum qilingan. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rigadagi matbuot anjumanida aytib o‘tgan.

Uning ta’kidlashicha, olimlar 2-3 hafta ichida yangi shtamm haqida zarur ma’lumotlarni yig‘ishlari, Yevropa Ittifoqi davlatlari esa emlash, qayta emlash va sanitar choralarni faollashtirishi kerak.

Koronavirusning “omikron” deb nom olgan yangi B.1.1.529 shtammi dastlab Afrika janubida aniqlandi. U ko‘plab mutasiyalarga ega bo‘lib, hozirda u bilan kasallanish holatlari Yevropaning bir qator davlatlarida, Hongkong, Isroil va Avstraliyada qayd qilingan.

Kiritildi: 22:06 29.11.2021. O'qildi: 1775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!