Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Peshko‘da IIB YHXGga pora berishga uringan haydovchiga hukm o‘qildi

Peshko‘da IIB YHXGga pora berishga uringan haydovchiga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tuman sudi tomonidan sudlanuvchi Qanoyev Sherzod Jalolovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 211-moddasi 1-qismi bilan hukm o‘qildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Peshko‘ tuman sudi raisi Farrux Ikramovning ma’lum qilishicha, SH.Qanoyev 2020 yil 10 mart kuni soat 17:00 da Shofirkon tuman IIB YHXG ma’muriy huquqbuzarlik materiallarni ko‘rib chiqish bo‘yicha inspektori Xodjayev Muhammad Maxmudovichning xizmat xonasiga borib, 2020 yil 02 mart kuni viloyat IIB YPX inspektori F.Mardonov tomonidan vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Neksiya” rusumli davlat raqam belgisi 80Z 247 LA bo‘lgan avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib 300.000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.

Sud, sudlanuvchi SH.Qanoyevga jazo turi va miqdorini tayinlashda uning harakatidagi jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi barcha holatlarni e’tiborga olib, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini huquqiy baholab, uning qilmishini jazoga sazovor va uni jamiyatdan ajratmagan holda axloqan tuzatish mumkin, degan to‘xtamga kelib, sudlanuvchi Qanoyev Sherzod Jalolovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 211-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlab, pora predmeti hisoblangan 300.000 so‘m davlat foydasiga o‘tkazildi.

 

 

Kiritildi: 17:46 27.05.2020. O'qildi: 1927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!