Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

"People" nashri Selena Gomezni "Yil odami" deb e’lon qildi

"People" nashri Selena Gomezni "Yil odami" deb e’lon qildi

Bu yil ko‘p qurbon berdik, sabrimiz sinovdan o‘tdi. Shunga qaramay, bizni nafaqat o‘z iste’dodi balki, dunyoning yaxshilanishiga kuch va vaqt sarflagani bilan hayratga solgan insonlar bor. Ulardan biri bo‘lgan Selena Gomezni "People" nashri "2020 Yil odami" deb e’lon qildi.

Selena joriy yilda "Rare" nomli o‘zining birinchi albomini chiqardi, HBO Max seriyali Selena + Chef dasturini yo‘lga qo‘ydi va uning bu oshpazlik shousi katta muvaffaqiyat qozondi. "Instagram"da eng ko‘p kuzatuvchilarga, ya’ni 195 million folloverga ega bo‘lgan xonanda o‘z sahifasida iyun oyida qora tanli Amerika fuqarosi bilan yuz bergan nohaqlikka qarshi namoyishlarda qatnashdi.

U bu yutuqlar bilan kifoyalanmadi. Shuningdek, 2020 yilda Selena Gomez "Rare beauty" inklyuziv pardoz brendiga asos soldi. Gomez o‘z brendi orqali odamlarni ruhiy salomatlik xizmatlaridan foydalanishiga ko‘mak berish va moliyalashtirish uchun 10 yil ichida 100 million dollar yig‘ishni maqsad qilgan.

Kiritildi: 19:30 03.12.2020. O'qildi: 2362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!