AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) qarorgohi yaqinidagi bir nechta pisseriyalarda pissaga bo‘lgan buyurtmalar soni keskin oshgani kuzatilmoqda.
«Pentagon Pizza Index» portalining Toshkent vaqti bilan soat 22:25 dagi ma’lumotlariga ko‘ra, «Papa Johns» tarmog‘idagi restoranda talab odatdagidan 313 foizga yuqori bo‘lgan.
«We, the Pizza» restoranida esa talab 147 foizga oshgan.