Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Pentagon va Xitoy TIV hamkorlik borasida kelishib olishdi

A A A
Pentagon va Xitoy TIV hamkorlik borasida kelishib olishdi

Pentagon va Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakillari ikki mamlakatning mudofaa sohasidagi hamkorligi masalasini muhokama qildi, deya xabar tarqatdi AQSh Mudofaa vazirligi.

Kuni kecha Yan Tao Vashingtonda davlat kotibining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi masalalari bo‘yicha yordamchisi Deniyel Kritenbrink va Milliy xavfsizlik kengashi bosh direktori Sara Beran bilan uchrashdi. Shu vaqtgacha Pentagondagilar XXR mudofaa idoralari vakillari amerikalik hamkasblari bilan aloqa qilmayotganidan nolib kelayotgan edi.

Muhokamada “Amerika – Xitoy mudofaa sohasidagi munosabati va mintaqaviy xavfsizlik” asosiy mavzu bo‘lgan. Pentagon AQSh va XXR harbiylari aloqa kanallarini ochiq holda saqlash niyatini ham bildirgan.

Kiritildi: 15:19 03.08.2023. O'qildi: 1229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!