AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Venesuelada Prezident Nikolas Maduroni ag‘darish operasiyasi bo‘lishi mumkinligini aytib, armiya to‘liq tayyorligini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, yakuniy qarorni prezident Tramp qabul qiladi.
Vashington Maduroni narkosavdo va terrorda ayblamoqda, Venesuela esa bu harakatlarni tajovuz deb atab, BMTga murojaat qilgan.