So‘nggi haftalarda Pentagon Kubaga qarshi mumkin bo‘lgan harbiy operasiya variantlarini, jumladan, 101-havo-desant diviziyasining minglab amerikalik askarlari ishtirokidagi amfibiya operasiyasini o‘rganib chiqmoqda.
Bu haqda CBS News bir nechta manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu yakuniy qaror emas, balki dastlabki harbiy rejalashtirishni anglatadi. Ular AQSh prezidenti Donald Tramp va Pentagon rahbariyati hali biron bir operasiyaga ruxsat bermaganligini ta’kidladilar.
Kanalning ta’kidlashicha, o‘tgan oy oxirida AQSh harbiylari individual missiyalar uchun mumkin bo‘lgan ssenariylar, zarur kuchlar hajmi, logistika va potensial xavflarni muhokama qilish uchun yopiq brifing o‘tkazgan.
Shu bilan birga, CBS News manbalari AQSh harbiylarining yaqin kelajakda e’tiborini Kubaga qaratishi ehtimoldan yiroq, chunki Amerika kuchlari va resurslarining katta qismi allaqachon Eronga qarshi operasiyada ishtirok etmoqda.