Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Pentagon Eron zarbalarining oqibatlarini yashirganmi?

Pentagon Eron zarbalarining oqibatlarini yashirganmi?

​AQSh Mudofaa vazirligi o‘tgan haftada Eron zarbalari oqibatida o‘nlab amerikalik harbiy xizmatchilar yaralangani haqidagi ma’lumotni yashirgan.

​Shuningdek, bir nechta vertolyotlarga shikast yetkazilgan.

NYT nashrining ta’kidlashicha, AQSh Markaziy qo‘mondonligi Eronning mintaqadagi, jumladan, Iordaniyadagi bazalarga bergan zarbalari haqida umuman hech qanday axborot bermagan.

​AQSh Qurolli kuchlari vakillari nashrga yaralangan harbiy xizmatchilar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga majbur emasliklarini, qolaversa, bu ma’lumotlar Eronga hujumlar samaradorligini oshirishga yordam berishi mumkinligini bildirdi.

​Qayd etish joizki, shanba kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi Iordaniyadagi bazaga berilgan zarba oqibatida ikki nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini xabar qilgan edi. NYT maqolasida esa juma kunigacha sodir bo‘lgan zarbalar haqida so‘z boradi.

Kiritildi: 13:15 21.07.2026. O'qildi: 1550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!