AQSh Eronga qarshi harbiy operasiya doirasida taxminan 25 milliard dollar sarflagan. Bu haqda Pentagon vakili Jyul Xyorst ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ushbu mablag‘lar Kongressdagi eshituvlar davomida ochiqlangan. Xyorstning ta’kidlashicha, xarajatlarning asosiy qismi o‘q-dorilarga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu summa AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlari qanchalik qimmatga tushayotganini ko‘rsatadi.