Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Paxtakor" metro bekatida yana poyezd to‘xtab qoldi

A A A
"Paxtakor" metro bekatida yana poyezd to‘xtab qoldi

Bugun soat 9:30 lar atrofida «Paxtakor» metro bekatida 15-sonli harakat tarkibida mashinist tomonidan nosozlik aniqlandi va xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida, yo‘lovchilar vagondan tushirildi.

Shuningdek, navbatdagi 18-sonli marshrut ham yo‘lovchilarni «Paxtakor» metro bekatida tushirib,15-elektropoyezdni texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun depoga tomon harakatlanishida ko‘maklashdi, deb yozadi «Toshkent metropoliteni».

Soat 9:37 dan boshlab poyezdlar harakati doimiy jadval asosida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 11:57 07.04.2022. O'qildi: 3268 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!