Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Pastdarg‘omda haydovchilardan «o‘lpon» talab qilganlar qo‘lga olindi

Pastdarg‘omda haydovchilardan «o‘lpon» talab qilganlar qo‘lga olindi

«Qator terak» mahallasida yashovchi 1994 y.t. X.SH. va Juma shahri «Sazag‘on» mahallasida yashovchi 1993 y.t. J.SH.lar spirtli ichimlik ta’sirida, mast holatda, jamoat joyi hisoblangan «Juma avtobekati»da, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan «Beklar» mahallasida yashovchi 1983 y.t. Samarqand-Juma yo‘nalishida kirakashlik qiluvchi J.B. bilan, ularga yo‘nalishga chiqishi uchun pul to‘lamaganligini vaj qilib, janjal qilmoqchi bo‘lishgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, janjalni tashkil qilmoqchi bo‘lgan shaxslar shu bekatda kirakashlik bilan shug‘ullanuvchi haydovchilardan «o‘lpon» talab qilish bilan shug‘ullanishlari aniqlangan.

Shundan so‘ng, tadbir tashkil qilinib, janjal bo‘lishi mumkin bo‘lgan joyga maxsus guruh bilan chiqilib, holatga aloqador barcha shaxslar qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan 10 (un) sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Hozirda avtoturargohlarni noqonuniy ravishda egallab olib, haydovchilardan pul talab qilib kelayotgan guruhlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlar davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 20:17 05.08.2022. O'qildi: 3192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!