Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Parijdagi otishmada 16 yoshli shaxs ayblanmoqda

A A A
Parijdagi otishmada 16 yoshli shaxs ayblanmoqda

Fransiya sudi 19 iyul kuni poytaxt Parijda yuz bergan otishmada ishtirok etgan 16 yoshli yigitga nisbatan ayblov e’lon qildi.

Bu haqda “France Press” (AFP) agentligi sud tizimidagi manbasiga tayanib ma’lum qilgan.
To‘rt kunlik hibsdan so‘ng gumonlanuvchiga “uyushgan guruh tarkibida odam o‘ldirish, tegishli ruxsatnomasiz qurol sotib olish va saqlash” ayblovi qo‘yilgan.

Ish qo‘zg‘atilgandan keyin o‘smir prokuratura so‘roviga binoan tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

Xabarga ko‘ra, polisiya o‘smirning hamon ozodlikda yurgan sherigini qidirmoqda.
19 iyul kuni kechqurun Parijning 11-okrugida joylashgan barda sodir bo‘lgan otishmada ikki kishi mashinadan tushib, ayvonda o‘tirganlarga qarata o‘q uzgan.

Hujum qilganlardan biri muassasaga tashrif buyurganlar tomonidan ushlangan, ikkinchisi qochishga muvaffak bo‘lgan. Fojia natijasida bir kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. Tergovchilar aytishicha, otishmaga o‘zaro hisob-kitob sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 20:38 23.07.2022. O'qildi: 3544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik