Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi tashkil etildi

Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Fransiya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida 2025 yil 10 mart kuni Turizm qo‘mitasi tomonidan Parij shahrida joylashgan “Intercontinental” mehmonxonasida O‘zbekiston-Fransiya turizm forumi va uni doirasida “O‘zbekiston - Ipak yo‘lining durdonasi” taqdimoti tashkil etildi.

Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi tashkil etildi


Tadbirda Fransiya davlati turizm ma’muriyati, ikki mamlakat tadbirkorlik sub’ektlari, OAV va media vakillari, shuningdek, Fransiya davlatidagi diplomatik korpus rasmiylari va boshqa turizm sohasi 120 vakillari ishtirok etdi.

Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi tashkil etildi

Maqsad – O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida turizm sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlar o‘rtasida faol aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mamlakatimizga turistik oqimni oshirish.

Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi tashkil etildi


“O‘zbekiston - Ipak yo‘lining durdonasi” taqdimotida mehmonlarga O‘zbekistonning turizm sohasidagi istiqbollarini va mamlakatning turistik infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini va turistlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan yangiliklar haqida ma’lumot berildi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining tomonidan logistika salohiyati hamda mavjud aviaqatnovlar haqida taqdimot etildi. Shuningdek, kompaniyaning turizmni rivojlantirishdagi o‘rni va O‘zbekistonga keluvchi sayyohlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yangi imkoniyatlar va yo‘nalishlar haqida so‘z yuritildi.

Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi tashkil etildi


O‘zbekiston va Fransiya biznesi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan “B2B” uchrashuvlari doirasida ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatildi, hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi va turistlar oqimini oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

Ushbu muzokaralar ikki mamlakat turizm sohasidagi ishbilarmonlarga hamkorlik o‘rnatish va yangi loyihalarni rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlarni yaratdi.

Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi tashkil etildi

Shuningdek, Fransiya sayyohlik kompaniyalari vakillari forum doirasida tashkil etilgan taqdimot orqali so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijasida hududlarida barpo etilgan yangi turizm maskanlari,yangilangan infratuzilmalar va madaniy meros ob’ektlari bilan tanishdilar.

Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi tashkil etildi


Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar yurtimizning boy va rang-barang madaniyati hamda an’analarini aks ettiruvchi milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar bilan yaqindan tanishdilar hamda o‘zbek oshpazlari tomonidan tayyorlangan tansiq o‘zbek milliy taomlaridan tatib ko‘rdilar.

Parijda “O‘zbekiston – Fransiya” turistik forumi tashkil etildi

Forum O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi turizm aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Kiritildi: 11:01 11.03.2025. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!