Parijdagi Gare du Nord trassasi Ikkinchi jahon urushidagi bomba topilganidan keyin yopildi.
U bugun, 7 mart kuni Parij vokzalidan 2,5 km uzoqlikdagi Sen-Deni kommunasi hududidan topilgan.
Fransiya milliy temir yo‘l kompaniyasi, Parijni Sharl de Goll aeroporti bilan bog‘laydigan B liniyasini o‘z ichiga olgan RER shahar yo‘nalishidagi poyezdlar qatnovi yo‘qligini aytdi. TGB tezyurar poyezdlari qatnovi va Gollandiyani Buyuk Britaniya bilan Parij orqali bog‘laydigan Eurostar poyezdlari to‘xtatildi.
Transport vaziri Filipp Tabaro Sud radiosida yuzaga kelgan vaziyatni izohlar ekan, kechki paytgacha transport harakati qisman tiklanishiga umid bildirdi, biroq hech qanday kafolat bermadi va yo‘lovchilarni vokzalga kelmaslikka, iloji bo‘lsa, safar vaqtini o‘zgartirishga chaqirdi.