Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Parij-2024”da besh nafar yengil atletikachimiz ishtirok etadi

“Parij-2024”da besh nafar yengil atletikachimiz ishtirok etadi

Joriy yilning 26 iyulidan 11 avgustga qadar Fransiya poytaxti Parij shahrida XXXIII Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi.

Olimpiadaning yengil atletika bahslari 1-11 avgust kunlari tashkil etiladi. Unda jami 1800 nafardan ortiq erkak va ayol atletlar yugurish, shosse trassasidagi marafon va sportcha yurish, texnik musobaqa, aniqrog‘i, sakrash va uloqtirish hamda erkaklar o‘rtasida o‘nkurash, ayollar orasida esa yettikurash bahslarida medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Biz uchun ahamiyatli jihati shundaki, O‘zbekiston terma jamoasining besh nafar a’zosi mazkur Olimpiadada ishtirok etadi. Aniqrog‘i, erkaklar o‘rtasida marafonda Shohrux Davlatov, uzunlikka sakrashda Anvar Anvarov, ayollar orasidagi balandlikka sakrashda Safina Sa’dullayeva, uch hatlab sakrashda Sharifa Davronova, yettikurashda Yekaterina Voronina mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Quyida sportchilarimiz ishtirok etayotgan musobaqalardagi dastlabki va yakuniy bosqichlar taqvimi bilan tanishasiz:

Safina Sa’dullayeva, balandlikka sakrash:

2 avgust, A+B saralash bosqichi (13:15), 4 avgust, final (22:50).

Sharifa Davronova, uch hatlab sakrash:

2 avgust, A+V saralash (21:15) 3 avgust, final (23:20).

Ekaterina Voronina, yettikurash:

8 avgust, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish (13:05), balandlikka sakrash (14:05), yadro uloqtirish (22:35), 200 metrga yugurish (23:55).

9 avgust, uzunlikka sakrash (13:05), nayza uloqtirish (14:20 A), (17:30 V), 800 metrga yugurish (23:15).

Anvar Anvarov, uzunlikka sakrash:

4 avgust, A+V saralash (14:00), 6 avgust, final (23:15).

Shohrux Davlatov, marafon:

10 avgust, final (11:00).

Ma’lumot o‘rnida, musobaqalar vaqti Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

Kiritildi: 14:05 08.07.2024. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!