Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Papa o‘z ishini eplay olmayapti – Tramp Lev XIV keskin tanqid qildi

Papa o‘z ishini eplay olmayapti – Tramp Lev XIV keskin tanqid qildi

​Donald Tramp Rim papasi manziliga misli ko‘rilmagan darajada shiddatli ayblovlar bilan chiqdi. Tramp pontifikni "radikal so‘llar"ga yon bosishda, jinoyatchilik va tashqi siyosat masalalarida "zaiflik" ko‘rsatayotganlikda aybladi. Ayniqsa, Trampga papaning Eron bilan bo‘layotgan urush fonida "qudrat maniyasi" haqida aytgan gaplari va tinchlik muzokaralariga chaqirig‘i yoqmagan.

"Menga Eron yadro quroliga ega bo‘lishi mumkin deb hisoblaydigan papa kerak emas", — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

​Shuningdek, Donald Tramp papaning siyosatga aralashishi Katolik cherkoviga zarar yetkazayotganini ta’kidlab, pontifikning akasi Luis uning ashaddiy tarafdori ekanini qo‘shimcha qildi. Aytishi bo‘yicha aynan uning prezidentligi sharofati bilan Lev XIV ushbu lavozimni egallagan. Vaziyat papaning AQSh va Isroilning Erondagi harakatlarini bilvosita tanqid qilib, dunyo yetakchilarini "harbiy ustunlik" bilan maqtanishni to‘xtatishga chaqirishidan so‘ng yanada keskin tus oldi.

Kiritildi: 19:00 13.04.2026. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!