Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Papa Tramp tufayli iltimos bilan murojaat qildi

Papa Tramp tufayli iltimos bilan murojaat qildi

Papa Leo XIV o‘z nutqini AQSh prezidenti Donald Trampga javob sifatida talqin qilmaslikni so‘radi.

CNN xabariga ko‘ra, pontifik Trampning bayonotlaridan keyin yuzaga kelgan siyosiy vaziyat uning Afrikaga 11 kunlik safari davomidagi chiqishlari noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘lganini aytdi.

Papa ta’kidlashicha, uning so‘nggi nutqi ancha oldin, ya’ni Tramp u haqida fikr bildirishidan ikki hafta avval tayyorlangan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zilar bu chiqishni prezident bilan bahslashishga urinish sifatida qabul qilgan, ammo bu uning maqsadi emas.

Papa Leo XIV siyosiy tortishuvlarda ishtirok etish niyati yo‘qligini ham alohida qayd etdi.

Kiritildi: 23:13 18.04.2026. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!