Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Pandemiya: Fransiyaning davlat qarzi rekord miqdorga yetdi

A A A
Pandemiya: Fransiyaning davlat qarzi rekord miqdorga yetdi

Fransiyaning davlat qarzi YAIMning 114,1 foizini tashkil etib rekord miqdorga etdi, deb xabar bermoqda mamlakat statistika va iqtisodiy tadqiqotlar milliy instituti (Insee).

Fransiya 1995 yildan buyon eng yirik davlat qarziga duch keldi. Pul bilan hisoblaganda uning qarzi 2,6 trillion yevroni tashkil etmoqda.

Xarajatlar koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurash choralarini moliyalashtirish bilan bog‘liq. Masalan, hukumat texnik ishsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lash dasturiga mablag‘ ajratdi. 

Mamlakat iqtisodiyoti 2020 yilning ikkinchi choragida birinchi chorakdagiga nisbatan 13,8 foizga qisqardi. Bu 70 yil ichidagi rekord pasayish hisoblanadi. Birinchi chorakda pasayish 5,9 foizni tashkil etgandi.

Kiritildi: 12:52 26.09.2020. O'qildi: 2503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!