Panamada 7,6 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi.
Bu haqda Yevropa — O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) xabar berdi.
Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishining episentri Panama poytaxtidan 207 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Hozircha zilzila oqibatida ehtimoliy vayronagarchiliklar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.