Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ozarbayjonga amaliy tashrif yakunlandi

Ozarbayjonga amaliy tashrif yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shusha shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi rasmiy shaxslari kuzatib qo‘ydi.

Kuni kecha davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev hamrohligida Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi, unda Prezidentimiz hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatdi va muhim takliflar bilan chiqdi.

Shuningdek, sammit doirasida O‘zbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Kiritildi: 19:51 06.07.2024. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!