Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Ozarbayjonda qarindosh-urug‘larning bir-biri bilan turmush qurishi taqiqlandi

Ozarbayjonda qarindosh-urug‘larning bir-biri bilan turmush qurishi taqiqlandi

2024 yil 28 iyun kuni Ozarbayjon Milliy Majlisi Oila kodeksiga yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni taqiqlovchi o‘zgartishlar kiritdi.

TASS agentligining xabar berishicha, Kodeks moddalariga quyidagi ikkita band qo‘shilgan:

- umumiy biologik bobosi yoki buvisi bo‘lgan aka-uka va opa-singillarning farzandlari o‘rtasida nikoh tuzishni taqiqlash;

- biologik amakivachchalar va ammavachchalar o‘rtasidagi nikohni taqiqlash.

Shuningdek, Oila kodeksidan uzrli sabablarga ko‘ra nikoh qurmoqchi bo‘lgan voyaga yetmaganlar uchun nikoh yoshini bir yilga kamaytirish bandi olib tashlandi.

“Ko‘p hollarda ushbu amaldagi huquqiy norma voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini cheklashga olib keladi, chunki uzrli sabablar qanday mezonlar bilan belgilanishi aniq ko‘rsatilmagan”, — deya izoh berdi Ozarbayjon parlamenti.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonda 18 yoshga to‘lgandan keyingina nikohga ruxsat etiladi.

Kiritildi: 13:39 01.07.2024. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!