Ozarbayjonda maxsus karantin rejimi uzaytirildi, deb xabar beradi Anadolu.
Ozarbayjondagi davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mamlakat Bosh vaziri Ali Asadov tegishli qaror qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olish va uning mumkin bo‘lgan oqibatlari uchun respublikada maxsus karantin rejimi 2027 yil 2 yanvargacha uzaytirildi.
Avvalroq kuz kelishi bilan yo‘tal, isitma, tomoq og‘rig‘i va holsizlik shikoyatlari ko‘payib borayotgani haqida xabar berilgan edi. Ba’zi odamlar buni gripp deb bilishadi, boshqalari esa COVID-19 ning qayta avj olishidan xavotirda. Biroq, mutaxassislarning ta’kidlashicha, alomatlar nafas yo‘llari infeksiyalari bilan o‘xshashligi sababli, kasallikni faqat alomatlarga asoslanib tashxislash qiyin.