Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Oyda metall zaxirasi topildi

Oyda metall zaxirasi topildi

Tadqiqotchilar Oyning janubiy qutbida magnit anomaliyasini aniqladi, mazkur kashfiyot Yer tabiiy yo‘ldoshi ichki qobig‘ida o‘ta og‘ir temirdan iborat ulkan asteroid qoldiqlari mavjudligiga ishoradir, deyiladi “Live Science” xabarida.

Qayd etilishicha, Oyning janubiy qutbidagi Eytken kraterisathida katta miqdorda metall zaxirasi “yashirinib yotibdi”. Taxminlarga ko‘ra, o‘ta og‘ir temirdan iborat asteroid bundan 4 milliard yil oldin Oyning shu hududiga kelib urilgan.

“Tasavvur qiling, krater qa’rida Gavayi orollaridan 5 marta katta bo‘lgan metall zaxirasi yashirinib yotibdi. Biz ana shu topilmaga tasodifan duch keldik”, degan tadqiqot bosh muallifi, Beylor (AQSh) sayyora geofizikasi universiteti katta o‘qituvchisi Piter Jeyms. Uning so‘zlariga ko‘ra “anomal topilma” og‘irligi 2,4 septillion tonnaga teng bo‘lishi mumkin.

Manba: auz.uz

Kiritildi: 22:44 17.06.2019. O'qildi: 1826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!