Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Oyatulloh Ali Xominaiyning dafn marosimi yakunlandi

Oyatulloh Ali Xominaiyning dafn marosimi yakunlandi

Payshanba kuni Eronning Mashhad shahrida uch yarim oy avval, AQSH-Isroil harbiy kampaniyasining birinchi kunida o‘ldirilgan oyatulloh Ali Xominaiyning dafn marosimi o‘z nihoyasiga yetdi.

Oyatulloh Xominaiy bilan vidolashuv marosimlari olti kun davom etdi va Eron hamda qo‘shni Iroqning bir nechta shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Payshanba kuni tongda oliy rahbarning jasadi Mashhadga maxsus samolyotda olib kelindi.

Eron tuzumining minglab tarafdorlari Ali Xominaiyning suratlari, Eron bayroqlari hamda Donald Tramp va Binyamin Netanyahuni o‘ldirishga chaqiruvchi plakatlarni ko‘tarib chiqishdi.

Oyatulloh Ali Xomanaiy shia musulmonlarining asosiy ziyoratgohlaridan biri, Mashhaddagi Imom Rizo maqbarasiga dafn etildi.

Kiritildi: 12:21 10.07.2026. O'qildi: 1171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!