Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Oxirgi 20 yilda o‘limga olib kelgan kasalliklarni bilasizmi?

Oxirgi 20 yilda o‘limga olib kelgan kasalliklarni bilasizmi?

O‘limga  olib keluvchi kasalliklar bo‘yicha JSST tomonidan  tadqiqot o‘tkazildi.  Natijalarga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida odamlar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar: yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va saraton kasalligidan vafot etishmoqda.

🔘Dunyo bo‘yicha inson o‘limiga sabab bo‘lgan asosiy kasalliklar (2019):

📌yurak ishemik kasalligi;
📌 surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi;
📌quyi nafas yo‘llari infeksiyalari;
📌yuqumli kasalliklar;
📌 traxeya, bronxlar va o‘pka saratoni;
📌Alsgeymer kasalligi;
📌diareya (yuqumli kasallik);
📌qandli diabet;
📌buyrak kasalligi.

🔸Yurak ishemik kasalligi  o‘limning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Bu dunyodagi barcha o‘limlarning 16 foizni tashkil qiladi. Bundan tashqari, so‘nggi 20 yil ichida ushbu kasallikdan o‘lganlar soni 2 milliondan oshib, yiliga qariyb 9 millionga yetdi.

Eng xavfli yuqumli kasallik quyi nafas yo‘llari kasalliklari bo‘lib qolmoqda, shu jumladan virusli pnevmoniya (ko‘pincha bu COVID-19 o‘limiga sabab bo‘ladi) ham. 
 

Kiritildi: 13:05 26.02.2021. O'qildi: 1818 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!