Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ovqatlanish paytida koronavirus odamdan odamga qanday yuqadi?

Ovqatlanish paytida koronavirus odamdan odamga qanday yuqadi?

Yaponiyalik tadqiqotchilar to‘rt kishi bir stol atrofida o‘tirib ovqatlanganida koronavirus qanday tarqalishini modellashtirishdi. Bu haqda “The Asahi Shimbun” xabar berdi.

RIKEN Hisoblash fanlari instituti markazi va Kobe universiteti olimlari tadqiqotida to‘rtta odam birga ovqatlanganida ulardan biri koronavirusga chalingan bo‘lsa, boshqalarga virus qanday yuqishi mumkinligi superkompyuterda tahlil qilindi.

Bunda to‘rt kishi 60 kv. sm. (yapon oshxona va restoranlaridagi standart) maydonli stol atrofida o‘tirdi. Ma’lum bo‘lishicha, kishi ro‘parasidagi insondan ko‘ra, yonidagi odamdan besh karra ko‘proq aerozol zarralarini qabul qilib oladi.

Suhbatdosh koronavirusga chalingan bo‘lsa ham virusni yuqtirib olish ehtimoli deyarli shunga teng. Gapirayotgan odam (koronavirusga chalingan) suhbatdoshiga burilib qaraganida patogen yuqishi xavfi yanada oshadi. Eng xavfsiz joy — diagonal: virusi bor odamga nisbatan shu nuqtada joylashgan kishiga havoga tarqalayotgan virusli aerozollarning to‘rtdan bir qismi ham yetib bormaydi.

Kiritildi: 20:07 19.10.2020. O'qildi: 2589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!